Yangiliklar
Farg‘onalik o‘quvchilar – fan olimpiadasining Respublika bosqichida mutlaq g‘olib!
25-mart 2026-yil
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida rus tili fanidan farg‘onalik o‘quvchilar yuqori natijalarga erishdilar.
Xususan, Qo‘qon shahridagi 20-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Dyomina Kseniya Dmitriyevna 1-o‘rinni, Farg‘ona shahridagi 2-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Rasulova Zubayda Akmal qizi esa 2-o‘rinni egallab, mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
Mazkur yutuq bilan ularning ustozlari hamda eng yaqin ko‘makchilari bo‘lgan ota-onalarini samimiy muborakbod etamiz!
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.