Yangiliklar

.

“Ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy va samarali usullar” mavzusida seminar-trening

25-mart 2026-yil
image

Farg‘ona shahridagi 25-maktabda “Ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy va samarali usullar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda ingliz tili o‘qituvchilari, mutaxassislar hamda xorijlik ekspertlar ishtirok etib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlar va raqamli ta’lim vositalarini dars jarayoniga joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Seminar davomida ochiq darslar, mahorat saboqlari va jonli muhokamalar tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashdilar.

Mazkur tadbir o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb