Yangiliklar
Мaktabining 600 o‘rinli yangi binosi foydalanishga topshirildi
24-mart 2026-yil
Beshariq tumanida 42-umumta’lim maktabining 600 o‘rinli yangi binosi foydalanishga topshirildi
Navro‘z bayrami shukuhi davom etayotgan bir paytda Beshariq tumani “Abduvay” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 42-umumta’lim maktabining mavjud 120 o‘rinli o‘quv binosi mukammal ta’mirlanib, qo‘shimcha ravishda 480 o‘rinli yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.
Tuman hokimligi, mahalla faollari, maktab jamoasi, o‘quvchilar, ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan ochilish marosimida yurtimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun yangi binolar qurish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Keng va yorug‘ sinf xonalari zamonaviy ta’lim talablariga to‘liq javob berib, yaratilgan ushbu shart-sharoitlar ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.