Yangiliklar
HAMKORLIKDA “SAYYOR QABUL” O‘TKAZILDI
25-fevral 2026-yil
RISHTON TUMANIDA HAMKORLIKDA “SAYYOR QABUL” O‘TKAZILDI
Hududlarda mavjud tizimli muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sayyor qabullar izchil tashkil etilmoqda.
Belgilangan reja-jadval asosida, “Inson qadri” tamoyili doirasida navbatdagi sayyor qabul Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov tomonidan Rishton tumanidagi Hunarmandlar markazi binosida o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Rishton tumani hokimi ham ishtirok etdi.
Hamkorlikda tashkil etilgan sayyor qabul davomida 17 nafardan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar vakillari qatnashdi. Shundan 14 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, ularning 11 tasi joyida ijobiy hal etildi.
Shuningdek, 1 nafar murojaatchiga masalasining tegishliligi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Murojaatlarning asosiy qismi mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (ONMTT) faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bo‘sh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.