Yangiliklar

.

Аpparati xodimlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

24-mart 2026-yil
image

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining faollar zalida boshqarma apparati xodimlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Unda boshqarma boshlig‘i Sherzod Dolimov, boshliq o‘rinbosarlari hamda apparat xodimlari qatnashdi.

Tadbirda sohadagi bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida boshqarma boshlig‘i Sherzod Dolimov O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi, bolajonlarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi va uning nazorati, o‘quvchilar davomatini ta’minlash hamda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish kabi muhim masalalarga yig‘ilish ishtirokchilarining e’tiborini qaratdi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Farg‘ona viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb