Yangiliklar
Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi faollar zalida boshqarma apparat xodimlari uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
17-noyabr 2023-yil
Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov boshqarmaning ijro nazorat faoliyatini tahlil qilgan holda kelgusida kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiya va tushunchalar berdi.
Tizimdagi ta'lim muassasalarida o‘quvchilarning davomati, kuzgi-qishki mavsumdagi dolzarb vazifalar, "Yashil makon" loyihasi doirasidagi amalga oshirilayotgan ishlar, ta'lim samaradorligini va sifatini oshirish borasidagi ijobiy harakatlarning salmog‘ini ko‘paytirish kabi muhim masalalarga alohida to‘xtaldi.
Bu borada mas'ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Farg‘ona VMMTB Axborot xizmati.