Yangiliklar
Navro‘z bayrami bilan tabrik
20-mart 2026-yil
Assalomu alaykum, aziz ustoz va murabbiylar, hurmatli ota-onalar!
Sizlarni yurtimizga fayz-u baraka, qalblarimizga shodlik va iliqlik olib kiruvchi ulug‘ ayyom — Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!
Navro‘z — yangilanish, ezgulik va mehr-oqibat timsoli. Ushbu muborak kunda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat hamda faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilayman.
Kelajak avlodga zamonaviy bilim va yuksak tarbiya berishdek sharafli vazifangizda kuch-g‘ayrat va ilhom sizlarni hech qachon tark etmasin.
Yurtimiz ravnaqi, ta’lim tizimi taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatingiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Yana bir bor barchangizni Navro‘z bayrami bilan tabriklayman!
Xonadoningizdan fayz, yuzingizdan tabassum arimasin!
Hurmat bilan,
Sherzod Dolimov
Farg‘ona viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i.