Yangiliklar

.

Fargʻonada pedagoglar uchun attestatsiya sinovlari qizgʻin davom etmoqda 

7-aprel 2026-yil
image

Bugun Fargʻona viloyatida maktabgacha, umumta’lim hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun malaka toifa sinovlariga start berildi.

 Mazkur jarayonlar joriy yilning 7-aprelidan 4-mayiga qadar davom etadi.

Avval xabar qilinganidek, attestatsiya sinovlari Fargʻona shahridagi 28-umumta’lim maktabida tashkil etilgan maxsus binoda oʻtkazilmoqda.

Jarayonlarning borishini koʻzdan kechirish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov sinovlar oʻtkazilayotgan maskanda boʻlib, pedagoglar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, u soha mas’ullari bilan muloqot olib borib, attestatsiya jarayonlarini yanada takomillashtirish, qulayliklarni oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Mazkur sinovlar pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish hamda tizimda shaffoflikni ta’minlashga muhim rol oʻynaydi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb