Yangiliklar

.

Sayyor qabul o‘tkazildi

7-aprel 2026-yil
image

Bugun Quvasoy shahrida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi “Sayyor qabul” tashkil etildi.

Mazkur qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
 
Shuningdek, aksariyat murojaatlar joyida ijobiy hal etildi.

Bunday sayyor qabullar hududlarda aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda ta’lim sohasida samaradorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.

 Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb