Yangiliklar

.

Bugun Fargʻonada malaka (test) sinovlariga start berildi

7-aprel 2026-yil
image

Fargʻona viloyatida pedagoglarning bilim va salohiyatini baholashga qaratilgan muhim jarayon — attestatsiya sinovlari boshlandi. 

Jarayon Fargʻona shahridagi 28-umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Malaka sinov markazi”da oʻtkazilmoqda.

Ushbu sinovlarning shaffof, adolatli va sifatli oʻtishini ta’minlash maqsadida barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. 

Zamonaviy texnik vositalar, kuzatuv tizimlari hamda tartibli tashkil etilgan jarayon sinovlarning yuqori saviyada oʻtishiga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda kimyo fanidan oʻtkaziladigan test sinovlarida jami 594 nafar oʻqituvchi ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb