Yangiliklar
Quva tuman axborot-kutubxona markazida VI Respublika kitobxonlik haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
14-aprel 2026-yil
Unda soha mutaxassislari, kutubxonachilar va faol kitobxonlar ishtirok etdi.
Tadbirda “O‘tmish merosi va bugungi rivojlanish” qo‘llanmasi taqdim etilib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, viktorina va madaniy chiqishlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Faol qatnashchilar munosib taqdirlandi.
Fargʻona viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.