Yangiliklar
“Sport kuni” tadbirlari tashkil etildi
25-aprel 2026-yil
#shanba_sport_kuni
Joriy yilning 7-aprel kuni Prezidentimiz boshchiligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda haftaning bir kunini “Sport kuni” sifatida belgilash hamda davlat tashkilotlarida muntazam sport mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimida har haftaning shanba kuni “Sport kuni” etib belgilangan.
Bugun boshqarma boshlig‘i Sherzod Dolimov tashabbusi bilan Farg‘ona shahridagi 47-umumta’lim maktabi sport zalida navbatdagi “Sport kuni” tadbirlari tashkil etildi.
Unda boshqarma rahbariyati, jumladan, boshliq va uning o‘rinbosarlari faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar voleybol, basketbol, mini futbol, shaxmat, stol tennisi hamda arqon tortish kabi sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashib, jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini namoyon etdilar.
Bunday tadbirlar xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoada ijobiy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi.
Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.