Yangiliklar

.

“Rahbar va yoshlar uchrashuvi”

23-aprel 2026-yil
image

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Qo‘qon shahri, Furqat hamda O‘zbekiston tumanlarida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri doirasida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Qo‘qon shahridagi 44-sonli, Furqat tumanidagi 37-sonli hamda O‘zbekiston tumanidagi 49-sonli umumta’lim maktablarida tashkil etilgan mazkur uchrashuvlar davomida yuqori sinf o‘quvchilari bilan ochiq va samimiy suhbat olib borildi.

 Muloqot jarayonida yoshlarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki, kelajakdagi kasb tanlovi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan ilgari surilayotgan innovatsion g‘oyalar bilan yaqindan tanishilib, ularning zamonaviy fikrlashi, yuqori ijodkorlik salohiyati hamda amaliy loyihalarga bo‘lgan qiziqishi alohida e’tirof etildi. 

Ayrim istiqbolli g‘oyalar innovatsion dasturlar doirasida qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni yanada rivojlantirish va amaliyotga keng joriy etish masalalariga alohida urg‘u berildi. 

Mazkur loyihalarni hayotga tatbiq etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi, yoshlarning izlanishlarini rag‘batlantirish muhim ekani qayd etildi.

Muloqotlar davomida o‘quvchilarning fikr va takliflari tinglanib, ularning qiziqishlari, kelajak rejalari hamda ta’lim jarayoniga oid muammolar atroflicha muhokama qilindi. 

Yoshlarni zamonaviy bilim olishga undash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlash joizki, bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolariga joyida yechim topish hamda ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ochiq muloqot yakunida rahbar ishtirokchilarning fikr va mulohazalarini tinglab, ular tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb