Yangiliklar
“Ota-onalar kengashi” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
8-may 2026-yil
Qo‘qon shahridagi 15-umumta’lim maktabida “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi hamkorligi va uning samarali natijalari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda “Ota-onalar kengashi” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Tadbir davomida o‘quvchilar tarbiyasida oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligining ahamiyati, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ta’lim sifati va intizomni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda ota-onalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, farzandlar ta’lim-tarbiyasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, maktab va ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch hamda mas’uliyatni oshirish yuzasidan muhim taklif va tashabbuslar bildirildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.