Yangiliklar

.

FARGʻONADA “YILNING ENG YAXSHI TARBIYACHISI” KO‘RIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI YAKUNLANDI

7-may 2026-yil
image

Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2026” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi Farg‘ona shahridagi 47-maktabda yuqori saviyada tashkil etildi.
Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jami 83 nafar maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari hamda tarbiyachilar ishtirok etdilar.
Tanlov davomida ishtirokchi tarbiyachi-pedagoglar o‘z bilim, tajriba va kasbiy salohiyatlarini namoyon etdilar. Jumladan, “Amaliy mashg‘ulotlar” sharti asosida bolalar bilan ishlash usullari, pedagogik mahorat hamda zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha o‘z ko‘nikmalarini ko‘rsatdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi — ilg‘or va tashabbuskor tarbiyachilarni aniqlash, ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish hamda ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirishdan iborat.
Bugun tanlov o‘z nihoyasiga yetib, g‘olib va sovrindorlar diplom, Faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Taqdirlash marosimida ishtirok etgan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov g‘oliblarni samimiy tabriklab, Respublika bosqichida omad va muvaffaqiyat tiladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb