Yangiliklar
“Yilning eng yaxshi maxsus pedagog” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
7-may 2026-yil
#Yilning_eng_yaxshi_maxsus_pedagog
Tanlov nizomida belgilangan 3 ta shart asosida inklyuziv ta’lim joriy etilgan umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan maxsus pedagoglar o‘zaro bellashdilar.
Ishtirokchilar o‘zlarining kasbiy mahorati, pedagogik yondashuvi hamda ijodkorligini namoyon etdilar.
Bellashuvlar shaffof va belgilangan tartib asosida tashkil etilib, ustozlar faol ishtirok etdilar.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.