Yangiliklar

.

Farg‘onaliklar Robo-coding olimpiadasining respublika bosqichi g‘olibi

6-may 2026-yil
image

Xushxabar!
Robo-coding olimpiadasining respublika bosqichida Farg‘ona tumani 6-maktab o‘quvchilari yuksak natijaga erishdi.
10-sinf o‘quvchisi Qirg‘izova Nozima Alimardon qizi hamda 9-sinf o‘quvchisi Xoliqjonov Muslihiddin Saxiyddin o‘g‘li faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur yutuq ularning mehnati, bilimga intilishi va ustozlar hamda ota-onalar qo‘llab-quvvatlovining samarasi bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb