Yangiliklar
Farg‘onada yakuniy attestatsiya jarayonlari davom etmoqda
5-may 2026-yil
Bugun Farg‘ona viloyatidagi umumta’lim maktablarida 9-sinf bitiruvchilari uchun jismoniy tarbiya fanidan yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari belgilangan tartib asosida tashkil etilmoqda.
Mazkur sinovlar joriy yilning 1–6-may kunlari davomida o‘tkazilib, tasdiqlangan jadval asosida amalga oshirilmoqda. Attestatsiya jarayonlari qur’a tashlash orqali aniqlangan variantlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari xolis baholanmoqda.
Har bir o‘quvchi tasodifiy tanlangan variant bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajarib, o‘zining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi hamda sport madaniyatini namoyish etmoqda. Sinovlar davomida harakatlarni to‘g‘ri bajarish texnikasi va umumiy jismoniy rivojlanish darajasi asosiy mezon sifatida e’tiborga olinmoqda.
Yakuniy attestatsiya jarayonlari barcha hududlarda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazilmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.