Yangiliklar

.

O‘rganishlar davom etmoqda

6-may 2026-yil
image

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Margʻilon shahridagi bir qator ta’lim muassasalarida o‘rganishlar olib bormoqda.
O‘rganishlar davomida rahbar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sog‘lom ovqatlanish jarayoni, tozalik va gigiyena qoidalariga rioya etilishi holatlari bilan yaqindan tanishmoqda.
Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, ularning davomati, ta’lim va tarbiya sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda obodonlashtirish masalalari atroflicha ko‘zdan kechirilmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb