Yangiliklar
Sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib...
5-may 2026-yil
Fargʻonada maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar attestatsiya sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etishda davom etmoqda
Jumladan, Qo‘qon shahridagi 32-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Nigora Musirmonova hamda 4-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rinbosari Tashmatova Olmosxon Esonaliyevna attestatsiya jarayonlarida o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, 82 ball natijani qo‘lga kiritdi.
Mazkur natijalar asosida ular oliy toifaga ega bo‘lib, malakali va tajribali pedagoglar safini yanada kengaytirdi. Ularning bu yutug‘i o‘z ustida tinimsiz ishlashi, kasbiga fidoyiligi hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni samarali tatbiq etayotganidan dalolat beradi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.