Yangiliklar

.

“Kelajak soati” — yoshlar tarbiyasi va ma’naviy yuksalish yo‘lida ochiq muloqot

4-may 2026-yil
image

Bugun Farg‘ona tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Shovkatjon Yuldashev tomonidan 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-“B” sinf o‘quvchilari uchun “Millat fidoyilari. Xotira va qadrlash” mavzusida “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi.
Dars jarayonida o‘quvchilar bilan mazmunli savol-javoblar tashkil etilib, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq va atroflicha javoblar oldilar.
Bo‘lim boshlig‘ining o‘quvchilar bilan bunday muntazam muloqotda bo‘lishi ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, kelajakka intilishini kuchaytiradi hamda kuchli motivatsiya beradi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb