Yangiliklar

.

“Farzandim bilan ijod”

2-may 2026-yil
image

O‘zbekiston tumani 27-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Farzandim bilan ijod” loyihasi doirasida mazmunli tadbir o‘tkazildi

Unda bolajonlar ota-onalari bilan birgalikda faol qatnashib, turli ijodiy ishlar, qo‘l mehnati mahsulotlari hamda ekologik mavzudagi kompozitsiyalar yaratdilar.
Kichkintoylar o‘z tasavvurlari orqali tabiatga bo‘lgan mehrlarini namoyon etib, Yer sayyorasini asrash va unga e’tiborli bo‘lish g‘oyalarini ifoda etdilar.
Tadbir davomida bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish va tabiatni asrashga mas’uliyat hissini kuchaytirish maqsad qilindi.
Ota-onalar va farzandlarning birgalikdagi ijodi samimiy muhit yaratib, oilaviy qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot t xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb