Yangiliklar

.

Direktori lavozimlari uchun navbatdagi suhbat o'tkazildi

1-may 2026-yil
image

Farg‘ona viloyati Direktorlar Kengashi tomonidan bo'sh (vakant) maktab direktori lavozimlari uchun navbatdagi suhbat o'tkazildi.

 Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-sonli qaroriga asosan "Menejerlik kursi"ni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar vakant bo'lgan direktorlik lavozimlari uchun suhbat jarayonlarida ishtirok etdilar.
Tadbir belgilangan talablar asosida, zoom platformasining doimiy kuzatuv linki orqali qayd etilib, mas’ullar tomonidan kuzatib borildi
 Suhbat jarayonida nomzodlarning jamoani boshqarish, liderlik qobiliyati, tashabbuskorlik, notiqlik san'ati va hozirgi davr ta'lim islohotlariga qarashlari baholandi hamda nomzodlarga zarur tavsiyalar berildi.
Jarayon belgilangan me’yorlar asosida adolatli, shaffof va xolisona tarzda olib borilishi ta’minlandi.

Farg'ona viloyati Direktorlar kengashi.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb