Yangiliklar

.

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichiga start berildi

1-may 2026-yil
image

Bugun Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tanlov ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yanada oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Hudud bosqichida viloyatdagi eng ilg‘or maktab jamoalari o‘z bilim va tajribalarini namoyish etib, innovatsion yondashuvlar, zamonaviy metodikalar hamda o‘quv jarayonidagi samarali ishlanmalar bilan ishtirok etmoqda.
Tadbirning ochilish marosimida Sherzod Dolimov – Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot t xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb