Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Umumta’lim maktablarining 5-6-sinf matematika fani o‘quv dasturi muhokama qilindi

16-noyabr 2023-yil
image

✅Bugun Maktabgacha va maktab vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Respublika ta’lim markazining "Matematika fani bo‘yicha Ilmiy metodik kengash"i qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

➖ Unda ishtirok etgan davlatimizning yetakchi olimlari va amaliyotchi o‘qituvchilaridan iborat Kengash a’zolari tomonidan umumta’lim maktablarining 5-6-sinf matematika fani o‘quv dasturi muhokamasi o‘tkazildi.    

✔️Ta’kidlanganidek, keng jamoatchilik vakillari tomonidan bildirilgan takliflar asosida yangi O‘quv dasturida matematika fani ta’limi mazmuni, matematik savodxonlik, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish jarayonlari yanada takomillashtirildi.

⚡️ Yig‘ilish so‘ngida Kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan yangi O‘quv dasturi foydalanishga tavsiya etildi va uni tasdiqlash uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuborildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb