Yangiliklar
"Vazir kubogi” — Quvasoy shahar bosqichi yakunlandi
30-aprel 2026-yil
Umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ayol xodimalari o‘rtasida o‘tkazilgan voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasining Quvasoy shahar bosqichi yakunlandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rinni 15-maktab jamoasi, 2-o‘rinni 27-maktab jamoasi va 3-o‘rinni 24-maktab jamoasi qoʻlga kiritdi.
G‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.