Yangiliklar
Yozyovonlik o‘qituvchi yuqori natijaga erishdi
30-aprel 2026-yil
Yozyovon tumani 6-sonli umumta’lim maktabining texnologiya fani o‘qituvchisi Kamilov Solijon Usmonaliyevich attestatsiya jarayonida yuqori natija ko‘rsatdi.
U 92 ball to‘plab, o‘zining oliy toifasini munosib himoya qildi hamda 70 foizlik ustama olish huquqini qo‘lga kiritdi.
Bu natija o‘qituvchining kasbiy mahorati, zamonaviy yondashuvlarga asoslangan dars berish uslubi va o‘z ustida tinimsiz ishlashining yaqqol ifodasidir.
Ta’kidlash joizki, bunday yutuqlar ta’lim tizimida sifatni oshirish, o‘qituvchilarning malakasini yanada rivojlantirish va yosh avlodga sifatli ta’lim berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.