Yangiliklar
Boshqarma boshlig‘i yozyovonlik muallima va ayol xodimlarga omad tiladi
30-aprel 2026-yil
Bugun Yozyovon tumanidagi 22-sonli umumta’lim maktabida ayollar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasining tuman bosqichiga start berildi.
Nufuzli sport tadbirining ochilishiga bag‘ishlangan marosimda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ishtirok etdi.
Rahbar o‘z so‘zida mazkur musobaqaning ahamiyati haqida to‘xtalib, barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat, jo‘shqinlik va omad tiladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.