Yangiliklar
Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi yakunlandi
30-aprel 2026-yil
Xabaringiz bor, Farg‘ona viloyatida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” ko‘rik-tanlovi muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Mazkur tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi: dastlab maktab bosqichi, so‘ng tuman (shahar) bosqichi hamda yakunda viloyat bosqichi.
Bugun bellashuvning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Farg‘ona shahridagi 47-sonli umumta’lim maktabida tashkil etildi.
Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etdi. Ishtirokchilar 3 ta shart asosida o‘zaro bellashib, o‘zlarining kitobxonlik darajasini yana bir bor namoyon etdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra: 1-o‘rinni Qo‘qon shahridagi 15-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Joraboyeva Zebiniso, 2-o‘rinni Rishton tumanidagi 19-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Rahimjonova Madinaxon va 3-o‘rinni Dang‘ara tumanidagi 36-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Mahmudova Mubinaxon qoʻlga kiritdi.
Tanlov g‘oliblari hamda faol ishtirokchilar viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.