Yangiliklar

.

FARG‘ONADA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI TASHKIL ETILDI

30-aprel 2026-yil
image

FARG‘ONA SHAHRIDAGI 5-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA “YOSHLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI TASHKIL ETILDI
 

Xabaringiz bor, Yurtboshimiz tomonidan haftaning payshanba kunlari “Yoshlar kuni” etib belgilangan bo‘lib, ertangi kun egalari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berilgan.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Farg‘ona shahridagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida faol, iqtidorli, peshqadam va turli tanlovlarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar bilan uchrashdi.
Ochiq muloqot davomida o‘quvchilarning maqsadlari va kelajakdagi rejalari yuzasidan fikr almashildi.
“Bu uchrashuv shunchaki muloqot emas, balki kelajakni birgalikda qurish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Chunki har qanday jamiyatning ertangi kuni bugungi yoshlarning qo‘lidadir”, — deya ta’kidladi boshqarma boshlig‘i.
Tadbir davomida asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichi g‘oliblari sayohat yo‘llanmalari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, turli tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb