Yangiliklar

.

Boshqarma boshlig‘i tomonidan ta’lim muassasalarini o‘rganish davom etmoqda

29-aprel 2026-yil
image

Boshqarma boshlig‘i tomonidan ta’lim muassasalarini o‘rganish davom etmoqda

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Uchko‘prik tumani va Qo‘qon shahridagi bir qator ta’lim muassasalarida bo‘ldi.
Xususan, Uchko‘prik tumanidagi 15-maktab va 28-maktabgacha ta’lim tashkilotida hamda Qo‘qon shahridagi 2-, 29-maktablar va 20-, 21-, 23-, 24-, 28-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘ldi.
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, dars va mashg‘ulotlarning o‘tilishi, targ‘ibot-tashviqot vositalarining holati, shuningdek, sog‘lom ovqatlanish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishi hamda obodonlashtirish masalalari ko‘zdan kechirildi.
Maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari bilan muloqotda bo‘ldi.
O‘rganishlar yakunida boshqarma boshlig‘i aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha soha mas’ullari va ta’lim muassasasi rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb