Yangiliklar
“Eng namunaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
2-iyun 2026-yil
“Eng namunaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Farg‘ona shahrida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining kasbiy mahorati va ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan “Eng namunaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvda direktorlar innovatsion loyihalari, boshqaruvdagi yutuqlari hamda zamonaviy ta’lim metodlari bo‘yicha taqdimotlar bilan ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, eng munosib nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.