Yangiliklar
Bugun Farg‘ona shahridagi 26-umumiy o‘rta ta'lim maktabida 2023-yil Farg‘ona shahri hududi uchun "Farg‘ona ta'lim tajribasi" bo‘yicha o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.
15-noyabr 2023-yil
Seminarda yapon ta'limi bo‘yicha mutaxassis Goto Mikako, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari, Marg‘ilon, Quvasoy shaharlari va Oltiariq, Yozyovon, Toshloq, Qo‘shtepa, So‘x, Quva, Farg‘ona tumanlaridagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarining O‘IBDO‘lari, 2 nafardan boshlang‘ich ta'lim fan o‘qituvchilari qatnashdilar.
Tadbirda Farg‘ona shahar 26-maktab boshlang‘ich ta'lim fan o‘qituvchilari tomonidan tashkillangan ochiq darslar ishtirokchlarga ma'qul bo‘ldi.
Darslardan so‘ng kuzatuvchilar o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Shuningdek, maktabda tashkil etilgan 2-xorijiy til va kasbga yo‘naltirish xonalari bilan ham tanishishdi.
Seminar so‘ngida maktab ma'muriyati hamda ustozlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.