Yangiliklar

.

Farg‘onada "Vazir jamg‘armasi ustamasi" uchun tanlovning navbatdagi bosqichi boshlandi

2-iyun 2026-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan joriy yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralashning 2-bosqich jarayonlari Farg‘ona shahrida joylashgan viloyat pedagogik mahorat markazida bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur bosqichda dastlabki saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan 492 nafar pedagog ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Besh kun davom etadigan ushbu jarayonda nomzodlar suhbat asosida baholanadi.
Suhbat davomida har bir ishtirokchiga tasodifiy tanlangan 4 ta savol beriladi va ularning javoblari Nizomning 1-ilovasida belgilangan baholash mezonlari asosida maksimal 20 ballik tizimda baholanadi.
Har bir nomzod bilan suhbat o‘tkazish uchun 12 daqiqa vaqt ajratiladi.
Belgilangan vaqt doirasida savollar berish, javoblarni tinglash hamda baholash jarayoni to‘liq yakunlanishi lozim.
Suhbat vaqtini uzaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Faqat texnik uzilishlar yoki komissiya tomonidan asoslantirilgan holatlar bundan mustasno hisoblanadi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb