Yangiliklar
“Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasi gʻoliblari aniqlandi
6-iyun 2026-yil
Qarshi shahrida yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasining respublika bosqichining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari, Qashqadaryo viloyati hokimi, hamkor davlat idoralari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Umumiy natijalarga koʻra, musobaqa gʻoliblari quyidagicha:
1-oʻrin — Xorazm viloyatining “Jaloliddin Manguberdi” jamoasiga;
2-oʻrin — Qashqadaryo viloyatining “Buyuk Temur avlodlari” jamoasiga;
3-oʻrin — Toshkent shahrining “Barloslar” jamoasiga nasib qildi.
Shuningdek, musobaqa davomida turli yoʻnalishlarda eng yaxshi natijalarni qayd etgan jamoalar maxsus nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandi:“Eng mahoratli jamoa” — Buxoro viloyati, “Lochinlar” jamoasi;
“Eng kuchli jangovar ruhli jamoa” — Fargʻona viloyati, “Al-Fargʻoniy” jamoasi;
“Eng bilimdon jamoa” — Toshkent viloyati, “Burgut” jamoasi;
“Eng yaxshi tibbiy yordam koʻrsatgan jamoa” — Sirdaryo viloyati, “Temuriy avlodlari” jamoasi;
“Eng topqir jamoa” — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, “Lochinlar” jamoasi;
“Eng zukko jamoa” — Surxondaryo viloyati, “Janub yoʻlbarslari” jamoasi;
“Eng ijodkor jamoa” — Jizzax viloyati, “Matonat” jamoasi;
“Eng chaqqon jamoa” — Andijon viloyati, “Lochinlar” jamoasi;
“Eng intizomli jamoa” — Namangan viloyati, “Temuriylar” jamoasi;
“Eng ahil jamoa” — Samarqand viloyati, “Turon” jamoasi;
“Eng yaxshi saf qoʻshigʻi ijrosi” — Navoiy viloyati, “Temuriylar” jamoasi.
Musobaqa gʻoliblari va sovrindorlari, shuningdek, jamoalarni tayyorlagan fidoyi ustozlar maxsus diplom hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.