Yangiliklar

.

"Vazir jamg‘armasi" tanlovning ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi

6-iyun 2026-yil
image

BUGUN FARG‘ONADA VAZIR JAMG‘ARMASI USTAMASI UCHUN SARALASH SINOVLARI YAKUNLANDI

Farg‘ona viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Vazir jamg‘armasi hisobidan oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovning ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Bir necha kun davom etgan saralash sinovlarida viloyatdagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan 400 nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etib, o‘zlarining kasbiy bilimlari, pedagogik mahorati, metodik tayyorgarligi hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Tanlovning ikkinchi bosqichi Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazida tashkil etildi. Jarayonlarning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha zarur tashkiliy hamda texnik sharoitlar yaratildi.
 Sinovlar ochiqlik, xolislik va teng imkoniyatlar tamoyillari asosida o‘tkazilib, har bir nomzodning faoliyati belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Mazkur saralash sinovlari ta’lim tizimida samarali faoliyat yuritayotgan, yuqori natijalarga erishib kelayotgan, innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etayotgan hamda o‘z kasbiga fidoyi pedagoglarni aniqlash va rag‘batlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Vazir jamg‘armasi ustamasi uchun o‘tkazilayotgan tanlov pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda pedagog kasbining nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Saralash sinovlarida ishtirok etgan barcha pedagoglarga muvaffaqiyat tilaymiz hamda keyingi ishlarida da ularga omad yor bo‘lishiga ishonamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb