Yangiliklar

.

BOSHQARMA BOSHLIG‘I BESHARIQ TUMANIDAGI TA’LIM MUASSASALARIDA O‘RGANISHLAR OLIB BORDI

5-iyun 2026-yil
image

Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Beshariq tumanidagi qator ta’lim muassasalarida bo‘lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, 1-, 26- va 40-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda 22-, 24-, 26-, 40- va 44-son umumta’lim maktablarida o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganishlar davomida muassasalarda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, tarbiyalanuvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi, targ‘ibot-tashviqot vositalarining holati, qurilish-ta’mirlash ishlari hamda infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, Sherzod Dolimov tarbiyalanuvchilar bilan samimiy suhbatlashib, ularning taʼlim olish jarayoni, qiziqishlari hamda yaratilgan imkoniyatlar haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
Muassasalardagi to‘garaklar faoliyati, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish tizimi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ham ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ta’lim muassasalari binolari va hududlarining saqlanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Umumta’lim maktablarida davlat attestatsiyasi va yakuniy imtihonlarni yuqori saviyada, ochiq va shaffof tarzda tashkil etish, belgilangan tartib-talablarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganishlar yakunida aniqlangan ayrim kamchilik va muammolarni bartaraf etish, qurilish-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha soha mas’ullariga aniq vazifalar, tavsiyalar va topshiriqlar berildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb