Yangiliklar
FARG‘ONA SHAHRIDAGI 13-MAKTABGA ZAMONAVIY O‘QUV JIHOZLARI BEMINNAT TAQDIM ETILDI
5-iyun 2026-yil
Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu tashabbuslar davom etmoqda.
Farg‘ona shahridagi 13-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan 40 komplekt zamonaviy parta hamda stol-stul jihozlari sovg‘a qilindi.
Ushbu amaliy ko‘mak maktabdagi o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish, sinfxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va o‘quvchilar uchun qulay ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda yurtimizda ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilib, yosh avlodning sifatli ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Bu borada tadbirkorlar va jamoatchilik vakillarining tashabbuslari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Maktab jamoasi, pedagoglar hamda o‘quvchilar yangi jihozlarni katta mamnuniyat bilan qabul qilib oldilar.
Endilikda dars mashg‘ulotlarini yanada qulay va zamonaviy sharoitlarda tashkil etish imkoniyati kengaydi.
Maktab ma’muriyati saxovatpesha tadbirkorlarga yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan munosib hissalari uchun minnatdorlik bildirib, bunday ezgu ishlarga bardavomlik tiladi.