Yangiliklar

.

FARG‘ONA TUMANIDA YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

4-iyun 2026-yil
image

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda ertangi kun egalari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish maqsadida haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov hamda Farg‘ona tumani hokimi tumandagi faol, iqtidorli va tashabbuskor o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Farg‘ona tumani hokimligi faollar zalida tashkil etilgan ochiq muloqotda yoshlar bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim tizimidagi yangilanishlar, shuningdek, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan keng imkoniyat va sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, izlanishlari va turli tanlov hamda musobaqalardagi yutuqlari yurtimiz taraqqiyoti va kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida o‘qishda, jamoat ishlarida hamda turli tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh o‘quvchilar faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb