Yangiliklar

.

FARG‘ONADA YANA BIR “ILK RIVOJLANISH MARKAZI” FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI

4-iyun 2026-yil
image

Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini kengaytirish hamda ularning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi “Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida Farg‘ona tumanidagi 4-sonli texnikumning bo‘sh turgan binosida navbatdagi “Ilk rivojlanish markazi” tashkil etildi.
Mazkur markazda “O‘yin guruhi” hamda “Maxsus maktabgacha ta’lim xizmati” modellari asosida faoliyat yo‘lga qo‘yilgan. Markaz, avvalo, maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan hamda alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Markazning ochilish marosimida Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov, tuman hokimi va o‘rinbosari, soha mutaxassislari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim bilan qamrab olish hamda inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov markaz jamoasini ushbu muhim loyiha faoliyatining boshlanishi bilan tabriklab, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb