Yangiliklar
FARGʻONADA DAVLAT IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA
3-iyun 2026-yil
Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Farg‘ona viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham 2025–2026 o‘quv yili yakunlari bo‘yicha 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari belgilangan tartib asosida o‘tkazilmoqda.
Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari 2026-yil 26-maydan 15-iyungacha davom etadi.
Bugun viloyatdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 9-sinf o‘quvchilari matematika fanidan davlat imtihonini topshirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat bo‘yicha davlat attestatsiyasi imtihonlarida 9-sinflarning 63 187 nafar hamda 11-sinflarning 41 mingdan ortiq bitiruvchisi ishtirok etishi kutilmoqda.
Imtihon jarayonlarini ochiq-oshkora va adolatli tashkil etish, o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda belgilangan tartiblarga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilgan.
Barcha bitiruvchilarga imtihonlarda omad, yuqori natijalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.