Yangiliklar

.

“Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar

2-iyun 2026-yil
image

Farg‘ona shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori” ko‘rik-tanlovida maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan 15 nafar fidoyi, tashabbuskor hamda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalariga ega rahbarlar ishtirok etdi.
Bugun mazkur tanlovda muvaffaqiyatli qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tantanali ravishda taqdirlandilar.
Taqdirlash marosimida ishtirok etgan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb