Yangiliklar

.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi apparati xodimlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

1-iyun 2026-yil
image

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i Sherzod Dolimov, boshliq o‘rinbosarlari hamda apparat xodimlari qatnashdilar.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ta’lim muassasalarida yakuniy davlat imtihonlarini belgilangan talablar asosida tashkil etish, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan hududlarda o‘tkazilayotgan tadbirlar sifatini ta’minlash, maktab o‘quvchilarining yozgi ta’tilini mazmunli va xavfsiz tashkil etish, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish, korrupsion holatlarning oldini olish, fuqarolar murojaatlariga alohida e’tibor qaratish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar va tegishli topshiriqlar berildi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb