Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
31-may 2026-yil
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona viloyatida yuz bergan hodisa” mazmunidagi videolavha tarqatilmoqda.
Mazkur videoda jamoat hojatxonasiga ikki nafar yoshning ketma-ket kirib ketgani hamda taxminan yarim soatdan so‘ng chiqib ketgani aks etgan bo‘lib, kuzatuv kamerasi tasvirlarini muhokama qilayotgan ayrim shaxslar tomonidan ushbu fuqarolar voyaga yetmaganlar ekani va ular o‘rtasida ishqiy munosabatlar mavjudligi haqida asossiz da’volar ilgari surilgan.
Holat yuzasidan vakolatli tashkilotlar tomonidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish natijasida videoda aks etgan shaxslarning har ikkisi ham voyaga yetgan fuqarolar ekani, shuningdek, yigit maktab bitiruvchisi emasligi, umumiy o‘rta ta’lim muassasasini tamomlagani aniqlandi.
Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tekshirilmagan, haqiqatga mos kelmaydigan hamda fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonunchilikka muvofiq yolg‘on, asossiz yoki tekshirilmagan axborotlarni ommaviy tarzda tarqatish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.