Yangiliklar
Jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ustuvor vazifaga aylanmoqda
27-may 2026-yil
Farg‘ona viloyatida jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, maktablarda sport klublari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda yoshlarni sportga keng jalb etish borasida samarali ishlar olib borilyapti.
Bugun ushbu jarayonlarda faol ishtirok etib kelayotgan ta’lim yo‘nalishi xodimlari hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining ixtiyoriy va maxsus talablarini muvaffaqiyatli bajargan o‘quvchilar taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Hakimov ishtirok etdi.
Tadbirda 2025-2026-o‘quv yilida viloyatdagi 688 ming nafardan ortiq o‘quvchilarning 79 ming nafari sport klublariga qamrab olinib, Farg‘ona viloyati Respublikada yetakchi hududlardan biriga aylangani ta’kidlandi.
Shuningdek, sportni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan bir guruh ta’lim xodimlariga Sport vazirligining “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.