Yangiliklar

.

Raqamli media va yangi strategiya: Taʼlim tizimi matbuot kotiblari poytaxtda jam bo‘ldik

12-iyun 2026-yil
image

Joriy yilning 9–10-iyun kunlari Toshkent shahridagi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Zamonaviy matbuot xizmati: strategik kommunikatsiyalar va raqamli kontent” mavzusida ikki kunlik intensiv o‘quv-trening tashkil etildi.
Trening davomida zamonaviy kommunikatsiyalar, media va blogosfera bilan samarali hamkorlik, inqirozli vaziyatlarda ishlash hamda sifatli raqamli kontent yaratish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladik.
Shuningdek, hududlardan tashrif buyurgan hamkasblar bilan o‘zaro tajriba almashib, mustahkam professional aloqalarni yo‘lga qoʻqib oldik.
Seminarning eng muhim voqealaridan biri Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova bilan ochiq muloqot bo‘ldi.
Uchrashuvda matbuot xizmatlarining bugungi o‘rni, jamoatchilik bilan samarali muloqot va zamonaviy axborot siyosatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga ham tashrif buyurib, xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdik.
Mazkur trening matbuot kotiblarining kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sohasidagi islohotlarni aholiga tezkor, shaffof va sifatli yetkazishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Odiljon Jalolov,
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb