Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
11-iyun 2026-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahridagi 16- va 20-sonli umumta’lim maktablari rahbarlarining lavozimidan ozod etilgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat sifatida shuni ma’lum qilamizki, mazkur qarorlar ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan qonunbuzilishlar va moliyaviy kamchiliklar asosida qabul qilingan.
Jumladan, o‘quvchilar kontingenti, elektron jurnal yuritilishi, pedagogik yuklamalar hamda byudjet mablag‘laridan foydalanish holatlari o‘rganilib, qator jiddiy kamchiliklar va moliyaviy qonunbuzilishlar aniqlangan.
Ta’kidlash joizki, maktab rahbarlarining lavozimidan ozod etilishi ayrim manbalarda ta’kidlanayotganidek binolarning rekonstruksiya qilinishi bilan bog‘liq emas.
Ushbu qarorlar o‘rganishlar davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlari, moliyaviy kamchiliklar hamda amaldagi tartib-taomillarga rioya etilmagani sababli qabul qilingan.
Hozirda mazkur maktablarda ta’lim muhitini yanada yaxshilash, boshqaruv samaradorligini oshirish, ichki nazoratni kuchaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotganini maʼlum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.