Yangiliklar

.

AYNI_PAYTDA

18-iyun 2026-yil
image

MUXLISLAR_MAYDONI

Farg‘ona shahridagi 5-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan muxlislar maydonida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Kolumbiya terma jamoasiga qarshi xalqaro uchrashuvi katta qiziqish va ko‘tarinki kayfiyatda tomosha qilinmoqda.

Mazkur tadbirda ta’lim tizimi xodimlari, faol ota-onalar, o‘quvchi-yoshlar hamda sport ixlosmandlari birlashib, milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqda.

 Muxlislar maydonida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan futbolchilarimizga omad tilanib, ularning har bir harakati qizg‘in olqishlar bilan kutib olinmoqda.

Bunday tadbirlar yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda milliy jamoamiz atrofida birdamlik muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ulkan zafarlar va yorqin g‘alabalar tilaymiz!

Olg‘a, O‘zbekiston!

Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
Axborot xizmati
.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb