Yangiliklar

.

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

18-iyun 2026-yil
image

Prezidentimiz tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanmoqda. Mazkur tashabbus doirasida Quva tumanidagi 14-umumta’lim maktabida Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Sherzod Dolimov yoshlarni yuksak maqsadlar sari intilish, kelajak kasbini to‘g‘ri tanlash, doimiy izlanish va o‘z ustida ishlashga chorlab, hayotda munosib o‘rin egallash bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va ularga atroflicha javoblar berildi.
Yoshlar tomonidan mamlakatimizda ta’lim va yoshlar siyosati yo‘nalishida yaratilayotgan imkoniyatlar, ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirildi.

Tadbir yakunida maktabni a’lo baholar va namunali xulq-atvor bilan tamomlagan eng faol hamda peshqadam bitiruvchilarga oltin va kumush medallar, shuningdek, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Samimiy va erkin muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamladi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb