Yangiliklar
Davlat MTMga navbatni onlayn kuzatish mumkin
3-oktabr 2023-yil
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati (ro‘yxati) to‘g‘risidagi (ariza navbatga qo‘yilgan sana, ro‘yxatdagi tartib raqami, yosh guruhi hamda tashkilot raqami) ma’lumotlarni olish uchun http://search.mpe.uz xavolasi orqali tekshirishingiz mumkin.
Xizmat davlat MTMga navbat haqida axborot olish imkonini beradi, buning uchun ilgari Yagona portal yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali berilgan arizaning ro‘yxat raqamini ko‘rsatish zarur.
Ma'lumotlar barcha shaxslarga bepul taqdim etiladi, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi «Bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 244-son qarori xizmat joriy etilishiga huquqiy asos sifatida xizmat qildi.
Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.